Winter University in Engineering Sciences 2025 – Russia
Bu loyiha – yosh muhandislar uchun xalqaro maydon, zamonaviy texnologiyalar, loyiha ishlari va madaniy almashinuvni birlashtirgan noyob imkoniyatdir.
📌 Asosiy ma’lumotlar:
- Joy: Sankt-Peterburg, Samara va Velikiy Novgorod 🇷🇺
- Muddat: 24-noyabr – 7-dekabr, 2025
- Ishtirokchilar: 3–4 kurs bakalavr talabalari (injenerlik yo‘nalishlarida)
- Oxirgi muddat: 30-sentabr, 2025
🎯 Nimalar kutmoqda?
- Xalqaro hamjamiyatda yosh muhandislar bilan hamkorlik
- Innovatsion ta’lim yo‘nalishlari (AI, raqamli texnologiyalar, elektronika, aloqa tizimlari va boshqalar)
- Loyiha va laboratoriya ishlari xalqaro guruhlarda
- Rossiya tarixi va madaniyatiga sayohatlar, ekskursiyalar
- Yetakchi professor va sanoat mutaxassislari bilan seminarlar
💰 Moliyaviy imkoniyatlar:
Ushbu dastur to‘liq bepul. Tanlangan ishtirokchilar uchun:
- Aviachipta (borib-kelish) ✈️
- Turar joy 🏨
- Ovqatlanish 🍴
- Dastur doirasidagi barcha ekskursiyalar 🚌
🌍 Nega qo‘shilish kerak?
- 2023–2024 yillarda loyiha 13 davlatdan 960 talabani birlashtirgan.
- 20 dan ortiq sanoat hamkorlari bilan ishlash, real amaliy loyihalarda qatnashish imkoniyati.
- Muhandislikdagi global muammolarni hal qilish uchun xalqaro networking.
- Ingliz va rus tillarida olib boriladi.
🔗 Batafsil va ro‘yxatdan o‘tish
.png)