MBZUAI Machine Learning Winter School 2026

👉 Dastur haqida

MBZUAI Machine Learning Winter School 2026 — bu Representation Learning va Generative AI (GenAI) sohalaridagi intensiv 5 kunlik dastur. Tadbirda dunyoning yetakchi tadqiqotchilari ishtirok etadi, taqdimotlar, texnik ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar orqali qatnashchilarga chuqur bilim va ko‘nikmalarni taqdim etadi.

— Sana: 9–13 fevral, 2026

— Manzil: Mohamed bin Zayed University of Artificial Intelligence (MBZUAI), Masdar City, Abu Dhabi, BAA

— Davomiyligi: 5 kun

👉 Kimlar ariza topshirishi mumkin?

— ML, AI, kompyuter fanlari bo‘yicha magistr va PhD talabalari

— Kuchli matematika va dasturlashga ega bakalavrlar

— Representation learning va generativ AI bo‘yicha bilimini oshirmoqchi bo‘lgan tadqiqotchilar va mutaxassislar

— Akademik tadqiqotchilar, yangi yo‘nalishlarni o‘rganmoqchi bo‘lganlar

👉 Afzalliklari

— Bepul qatnashish

— Parvoz xarajatlari qoplanadi

— Yashash joyi ta’minlanadi

— Ovqatlanish tashkil etiladi

— Real dunyo muammolari ustida amaliy mashg‘ulotlar

— Networking va tadqiqotchilar bilan hamkorlik imkoniyati

👉 Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

— Xalqaro qatnashchilar uchun parvoz xarajatlari qoplanadi

— Tadbir davomida MBZUAI tomonidan mehmonxona (5 kun) ta’minlanadi

— Ovqatlanish va mahalliy transport tashkil etiladi


🔗 Ariza topshirish



Deadline:
10-oktabr, 2025