HKBU International Writers Workshop 2026
📌 Arizalar qabul qilinmoqda!
Hong Kong Baptist University tomonidan o‘tkaziladigan International Writers Workshop (IWW) 2026 dasturiga hujjat topshirish boshlandi. Bu to‘liq moliyalashtirilgan 4 haftalik rezidensiya dasturi bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlaridan yozuvchilar Gonkongda to‘planib, o‘z ijodiy ishlarini davom ettirishadi. Dastur yakunida IWW Adabiy Festival bo‘lib o‘tadi.
📖 Dastur haqida
- Mezbon davlat: Gonkong
- Joy: Hong Kong Baptist University
- Davomiyligi: 4 hafta
- Dastur sanalari: 2026-yil 2 mart – 29 mart
- Moliyaviy qamrov: To‘liq moliyalashtirilgan
- Ariza topshirish muddati: 2025-yil 7-sentabr
💰 Moliyaviy imtiyozlar
- Qaytish-qatnov aviachiptalari
- Turar joy bilan ta’minlanadi
- Kundalik stipendiya
🎯 Dastur mavzusi
“Here and There” – Yozuvchilar o‘z asarlarini yaratadilar va hikoyalarini bo‘lishadilar.
✅ Talablar
- Dunyoning istalgan mamlakatidan ariza topshirish mumkin
- Kamida bitta nashr qilingan kitobi bo‘lishi kerak
- Hozirda Gonkongdan tashqarida yashash
- Ingliz yoki xitoy (mandarin yoki kanton) tillarini bilish
- 2026-yil 2–29 mart kunlari butun dasturda qatnashish
- Yakuniy haftadagi Adabiy Festivalda ishtirok etish
📑 Kerakli hujjatlar
- 1 betlik ijodiy bayonot (Artist’s Statement)
- 12–15 bet yozuv namunasi (Writing Sample)
- CV yoki rezyume
- Tavsiyanoma beruvchilarning aloqa ma’lumotlari
📬 Qanday ariza topshiriladi?
Barcha hujjatlarni bitta PDF fayl ko‘rinishida quyidagi manzilga yuboring:
📩 iww@hkbu.edu.hk
Deadline: 2025-yil 7-sentabr
Natijalar: 2025-yil oktyabr oyining oxirida e’lon qilinadi.
📲 Telegram kanalimiz
.png)