Hansen Leadership Institute 2026 – USA

📍 Joylashuv: University of San Diego, California, AQSh
📆 Sana: 1–22 iyul, 2026
💸 Moliyalashtirish: To‘liq grantli (Fred J. Hansen Foundation tomonidan)
Ariza muddati:

  • 🌍 Xalqaro talabalar uchun: 15-yanvar, 2026
  • 🇺🇸 AQSh fuqarolari uchun: 15-mart, 2026

🔑 Moliyaviy imkoniyatlar:

  • ✈️ Xalqaro aviabiletlar
  • 🏨 Turar joy va ovqat xarajatlari
  • 📚 Dasturdagi barcha mashg‘ulotlar va mahalliy sayohatlar
  • 🛂 AQSh vizasi uchun to‘lov qoplab beriladi

📚 Dastur mazmuni:

Hansen Leadership Institute 2026 – 3 haftalik yozgi almashinuv dasturi bo‘lib, yetakchilik va tinchlikni rivojlantirishga qaratilgan. Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Ma’ruzalar va seminarlar
  • Amaliy mashg‘ulotlar va workshoplar
  • Field-trip safarlari
  • Yetakchilik mavzularida treninglar: konfliktlarni hal qilish, mediatorlik, madaniyatlararo muloqot, ijtimoiy tadbirkorlik va jamoat oldida nutq so‘zlash

👥 Kimlar uchun?

Xalqaro talabalar (non-US):

  • 20–25 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak
  • Kamida 2 yillik oliy ta’limni tugatgan bakalavr talabasi yoki magistrant
  • Xalqaro munosabatlar, diplomatiya, iqtisodiy rivojlanish yoki tegishli sohada qiziqishga ega bo‘lish
  • Yetakchilik faoliyati bo‘lishi kerak
  • Ingliz tilini yaxshi bilish
  • Pasportga ega bo‘lish
  • AQShga birinchi marta tashrif buyuruvchilarga ustuvorlik beriladi
  • Akademik rahbaridan tavsiyanoma

AQSh talabalariga qo‘yiladigan talablar:

  • Har qanday universitetdan qatnashishi mumkin
  • 20–25 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak
  • 2 yillik bakalavr yoki magistr talabalari
  • Xalqaro aloqalar, diplomatiya yoki iqtisodiy rivojlanishga qiziqqanlar

📝 Saralash jarayoni:

  • Xalqaro talabalar arizalari fevral oyidan boshlab ko‘rib chiqiladi
  • Natijalar mart oyida email orqali yuboriladi

🔗 Ariza topshirish