Doha Forumi
Doha Forum: Youth Edition (December 3-4, 2025) — bu global platforma bo‘lib, unda yoshlar turli fikrlar va tajribalarni o‘rtoqlashadi. Tadbir Doha Forumning yoshlar bilan ishlash strategiyasining bir qismi sifatida tashkil etiladi va asosiy Doha Forum (December 6-7, 2025) oldidan bo‘lib o‘tadi.
Doha Forum: Youth Edition, QatarDebate tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va maqsadi — kelajak liderlari, o‘zgarish tashabbuskorlari va innovatorlarni birlashtirish, global va mahalliy dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashish va yechimlar ishlab chiqishdir.
Tadbir yoshlar uchun quyidagilarni taqdim etadi:
— Ilhomlantiruvchi nutqlar va panel muhokamalari
— Yetakchilik ko‘nikmalarini oshirish, muammolarni hal etish va jamoaviy ishlash bo‘yicha interaktiv mashg‘ulotlar
— Amaliy loyihalar va tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyati
— Networking: bir xil fikrli yoshlar, potentsial mentorlar va hamkorlar bilan aloqalar
👉 Kimlar ariza topshirishi mumkin?
— 18–33 yoshdagilar, barcha millatlardan ariza topshirish mumkin
— Yosh liderlar, o‘zgarish tashabbuskorlari, innovatorlar va global ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy masalalarga qiziqadiganlar
👉 Moliyaviy qamrovi
— Aviabilet
— Viza
— Mehmonxona
— Mahalliy transport
— Tadbir davomidagi ovqatlanish
E’tibor: Ishtirokchilar 2–8 dekabr, 2025 oralig‘ida sayohatga tayyor bo‘lishi kerak. Tadbir asosan ingliz tilida o‘tkaziladi.
Deadline: Hozircha ochiq (ertaroq apply qiling)
.png)